Yurtimizda bunday salbiy holatlarga barxam berish maqsadida quyidagi sanksiyalar joriy qilinganligini eslatib o‘tmoqchimiz!

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSI

 

51-modda. Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash

 

Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquq buzarlik ta’lim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYaT KODEKSI

 

1482-modda. Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash

Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, xudi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Xuddi shunday harakat voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatishishlari bilan jazolanadi.

Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, ta’lim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan xudi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

 

Hurmatli fuqarolar agarda Siz paxta terimiga yoki boshqa ishlarga majburlanayotgan bo‘lsangiz, Davlat mehnat inspeksiyasining 1282 qisqa raqamiga yoki @munosibmehnat_bot telegramm botiga murojaat qiling!

 

Sirdaryo viloyat Davlat mehnat inspeksiyasi

By admin