▪️Konstitutsiyaning 44-moddasi hamda Mehnat kodeksining 5-moddasida majburiy mehnatning taqiqlanishi aniq ko‘rsatilgan.

▪️Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga ko‘ra, mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravari (37 500 000 so‘m)gacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

⚠️Majburiy mehnat tashkilotchisi bo‘lgan shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilganidan keyin yana shunday qilmishni takrorlasa, Jinoyat kodeksining 148²-moddasiga asosan, jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Hurmatli yurtdoshlar!

Majburiy mehnat holatlariga guvoh bo‘lsangiz Davlat mehnat inspeksiyasining 1282 qisqa raqamiga yoki @munosibmehnat_bot telegram botiga murojaat qiling.

Eslatib o‘tamiz, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq jismoniy shaxsning iltimosiga ko‘ra uning shaxsiga doir biron-bir ma’lumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi.

By admin