Bugungi kunda xotin-qizlar bandligini taʼminlashda tikuvchilik sohasi muhim oʻrin tutmoqda. Shuni inobatga olib, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan joylarda tashkil etilgan “Ishga marhamat” monomarkazlarida talabgorlarni tikuvchilik yoʻnalishida oʻqitishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Guliston shahar “Ishga marhamat” monomarkazida “Tikuvchi” yoʻnalishi tinglovchilari mazkur kasbni puxta oʻrganishmoqda.

Tinglovchilar oʻquv kursi yakuni bilan o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi diplomi darajasiga tenglashtirilgan sertifikatga ega bo‘lishadi.

✅ Shu o‘rinda ushbu kasbda o‘qib, mutaxassis bo‘lish niyatida bo‘lgan fuqarolarni monomarkazga taklif etamiz.

➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir ko’chasi 49-uy

📞 Telefon: +99867 236-44-22, 97-909-71-17

By admin