Guliston «Ishga marhamat» monomarkazida «Qandolatchi» yo‘nalishining tinglovchilari yakuniy malaka imtihonlarini muvaffaqaiyatli topshirishdi.

Unda o‘quv kursi davomida egallagan kasbiy ko‘nikmalarini namoyon etib, ustoz-murabbiylar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi hamda amaliy topshiriq bajarishdi.

Tinglovchilar imtihon yakuni bilan o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi diplomi darajasiga tenglashtirilgan sertifikatga ega bo‘lishadi.

✅ Shu o‘rinda ushbu kasbda o‘qib, mutaxassis bo‘lish niyatida bo‘lgan fuqarolarni monomarkazga taklif etamiz.

➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir ko’chasi 49-uy

📞 Telefon: +99867 236-44-22 97-909-71-17

By admin