Yoshlar kelajak davomchilaridir. Ular Vatan ravnaqiga munosib hissa qoʻshadigan komil inson boʻlishlari uchun munosib shart-sharoit yaratish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayni shu maqsadda joylarda izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yangiyer shahrida oʻtkazilgan “Prokuror va yoshlar uchrashuvi”da viloyat prokurori, shahar hokimi va sektor rahbarlari hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etdi.

Tadbirda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan qulayliklar, ezgu maqsadlariga erishishlari uchun berilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida maʼlumot berilib, qatnashchilar bilan indevidual suhbatlashildi. Murojaatlar masʼullar bilan joyida muhokama qilinib, barchasi ijobiy hal etildi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida shahar Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda yoshlardan tashqari ishsiz aholi qatlami ham ishtirok etib, hududdagi mavjud boʻsh ish oʻrinlari hamda ish beruvchining talab va takliflari bilan tanishdilar.

Yarmarka davomida band boʻlmagan 18 nafar fuqaroga doimiy ishga hamda 4 nafar fuqaroga kasb-hunar oʻrganishlari uchun oʻquv markazlariga yoʻllanma berildi.

By admin