Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlari davom etmoqda.

Xovos tumanidagi korxona, tashkilot va muassasalar masʼullari ishtirokida oʻtkazilgan navbatdagi seminarda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari Muhammadi Abdurahmonov yangi tahrirdagi kodeksning amaldagi Mehnat kodeksidan farqi va uchtunligi hamda afzalliklari haqida batafsil tushuncha berdi.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga muvofiq xodimning mehnat huquqlari va erkinliklari, shu jumladan mehnat qilishga, erkin ish tanlashga, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga hamda ishsizlikdan himoyalanishga boʻlgan huquqlari davlat kafolatlari belgilanmoqda. Ish beruvchilarning kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish va samarali mehnat jarayonini tashkil etish sohasidagi huquqlari amalga oshirilishi taʼminlanadi. Mehnat sohasida ijtimoiy sheriklik ragʻbatlantirilib, rivojlantiriladi. Xodimlar va ish beruvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilinish taʼminlanadi. Shuningdek, mehnat bozorining samarali faoliyat koʻrsatishiga koʻmaklashiladi.

Kodeksni puxta va har tomonlama foydali qilib ishlab chiqishda 94 ta Xalqaro mehnat tashkiloti Konvensiyalari, 63 ta davlat tajribasi, shu jumladan, Germaniya, Angliya, Italiya, Fransiya, Ispaniya, Singapur, Yaponiya, Isroil, Indoneziya, Xitoy, AQSH, Kanada, Rossiya kabi mamlakatlar tajribasi oʻrganilgan.

Tadbirda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻliq javob olishdi.

By admin