Xovos kasb-hunarga oʻqitish markazi direktori Bunyod Joʻrayev markazning 2022-yildagi faoliyati toʻgʻrisida maʻlumot berdi.
Xovos kasb-hunarga oʻqitish markazi tomonidan 2022-yil davomida jami 586 nafar ishsiz va band boʻlmagan fuqarolarni 8 ta yoʻnalishda kasb-hunarga oʻqitildi.
Yil davomida tashkil qilingan oʻquv kurslarida 8 ta yoʻnalishlar boʻyicha kasbga tayyorlangan. “Issiqxona boʻyicha mutaxassis” yoʻnalishda 2 ta guruh, “Elektrogazpayvandchi” yoʻnalishida 5 ta guruh, “Ayollar sartaroshi” yoʻnalishida 4 ta guruh, “Qandolatchi” yoʻnalishida 3 ta guruh, “Tikuvchi” yoʻnalishida 13 ta guruh, “Oshpaz” yoʻnalishida 4 ta guruh, “Massajchi” yoʻnalishida 1 ta guruh, “Erkaklar sartaroshi” yoʻnalishida 1 ta guruhlar tashkil qilinib kasb-hunarga oʻqitildi.
Jumladan tikuvchilik yoʻnalishida 230 nafar, Ayollar sartaroshi yoʻnalishida 56 nafar, Elektrogazpayvandchilik yoʻnalishida 95 nafar, Qandolatchilik yoʻnalishida 59 nafar, Issiqxona boʻyicha mutaxassis yoʻnalishida 35 nafar, Oshpaz yoʻnalishida 81 nafar, Massajchi yoʻnalishida 11 nafar, Erkaklar sartaroshi yoʻnalishida 12 nafar, jami 586 nafar fuqarolar kasb-hunarga oʻqitildi.
Shundan 82 nafari tinglovchilar safidan chetlashtirilgan.
Shundan 349 nafar tinglovchilarga sertifikatlar berildi.
Sertifikat berilgan 349 nafar bitiruvchilardan 309 nafari, 88.5%ining bandligi taʼminlangan. Shulardan 142 nafari ishga joylashgan. Oʻzini oʻzi band qilganlar 160 nafar. 7 nafar bitiruvchilarga subsidiya berilgan. Ushbu bitiruvchilar oʻz yoʻnalishlari boʻyicha oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishgan.
2022-yil yakuni bilan ayni paytda markazda kasb-hunarga oʻqiyotganlar soni 155 nafarni tashkil qiladi.

By admin