Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi hamda Toshkent shahrida joylashgan “Texnopark” MCHJ kelishuviga asosan 2022-yil davomida mazkur masʼuliyati cheklangan jamiyat mingdan ortiq sirdaryolikning bandligini taʼminladi.

Hamkorlik doirasida 2023-yil ham bandlik masalasida yuqori natijalarga erishish maqsad qilingan.

Siz oylik maoshi 2000000 soʻmdan boshlanadigan ishga joylashmoqchi boʻlsangiz, joriy yil 26-yanvar kuni soat 10:00 da viloyat Bandlik bosh boshqarmasi majlislar zalida “Texnopark” MCHJ vakillari ishtirokida tashkillashtiriladigan tadbirda ishtirok eting.

Uchrashuvda “Texnopark” MCHJda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoit va ularga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Manzil: Guliston shahar, I.Karimov koʻchasi 35-uy

Tel: 78 221-10-04

Eslatma: ishlash istagini bildirib, talab etiladigan hujjatlarni toʻgʻrilagan talabgorlar shu kuni ishga yuboriladi.

By admin