Bugungi kunda tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun keng imkoniyatlar berilayotganligi natijasida ishsiz fuqarolarning koʻplab muammolari bartaraf etilmoqda. Qoʻlida hunari yoʻq fuqarolarga kasb-hunar oʻrgatish tizimi bandlik masalasini hal etishda oʻz samarasini berayotir.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi apparati masʼul xodimlari Guliston “Ishga marhamat” monomarkazi boʻlib, bu yerdagi oʻquv kurslari, tinglovchilar qamrovi va yaratilgan shart-sharoit bilan yaqindan tanishdilar.
Monomarkaz rahbariyati bilan uchrashuv chogʻida hamkorlikni jadal rivojlantirib, band boʻlmagan aholini oʻquv kurslariga jalb qilish orqali ularni bugungi kunda serdaromad boʻlgan kasb-hunarlarga oʻrgatish muhokama qilindi.
Uchrashuv asosiy maqsadlaridan biri tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻlgan partiya vakillariga monomarkaz faoliyati hamda bu yerdagi qulayliklar va yaratilgan imkoniyatlarni yurtdoshlarimizga yanada keng targʻib etishga zamin yaratdi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Maʼlumot oʻrnida, Guliston “Ishga marhamat” monomarkaziga talabgorlar belgilangan tartibda hududiy aholi bandligiga koʻmaklashish markazining yoʻllanmasi asosida kelsa, stipendiya olib oʻqish imkoni mavjud. Shuningdek, olisdan qatnovchi tinglovchilar yotoq joy bilan taʼminlanadi.

By admin