Yangiyer shahrining “Navro‘zobod” mahallasida jamoatchi ishchilar, mas’ul tashkilotlar xodimlari ko‘magida o‘tkazilayotgan hasharda ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalar xonadonlari oxlanib, tartibga keltirilmoqda. Ko‘pqavatli uylarning fasad qismi ta’mirlanayapti. Hududdagi ariq va ko‘cha tozalandi. Maxsus texnikalar yordamida chiqindilar olib chiqib kelilayotir.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakillari, viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i hamda ishchi guruh tomonidan xonadonma-xonadon yurib, “Obod mahalla – obod xonadon” tamoyili, uning natijasi va samaradorligi yuzasidan o‘tkazilayotgan targ‘ibotlar sababli aholi ham hasharda ixtiyoriy ishtirok eta boshladi. Bir so‘z bilan aytganda, fuqarolar “uyg‘ondi”, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida hududdagi asosiy muammo – xonadonlarni ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 150 dan ortiq xonadonga suv hisoblash uskunasi o‘rnatilishi natijasida ichimlik suvi yetib bormayotgan 4 ta ko‘chadan suv chiqa boshladi. Bundan tashqari, Sayqal ko‘chasidagi ichimlik suvi qudug‘iga qo‘shimcha ravishda yangi nasos o‘rnatildi. Montaj va ulash ishlari yakuni bilan mahalladagi Kasabachi, Zebiniso, Muqumiy, Ahillik kabi yana 10 ta ko‘cha ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

By admin