Sardoba tumanida ishchi guruh a’zolari “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashmoqda.

Aholi bandligini ta’minlash va malakali mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida tadbirkorlikka yanada keng imkoniyatlar yaratish va moliyaviy rag‘batlar taqdim etish maqsadida joriy yilning 1 iyundan boshlab “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshirilmoqda.

Dasturga 2023-2024 yillarda jami 1 milliard dollar ajratiladi.

Bu mablag‘lar hisobidan:

– kambag‘al oilalar a’zosini kasbga o‘qitib, ishli qilish bo‘yicha loyiha ahamiyatiga qarab, amaldagidan past foizlarda va uzoqroq muddatga kredit beriladi;

– tadbirkorning “amaliy monomarkaz” tashkil qilish va jihozlash hamda kasbga o‘qitish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

By admin