O‘quvchining hafta ichidagi ishlab chiqarish ta’limi vaqti xodimlarning mazkur toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasidan
oshmasligi kerak. Tashkilotda ishlab chiqarish ta’limini o‘tayotgan o‘quvchilar, ish beruvchi bilan kelishilgan holda mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan to‘liq ozod qilinishi yoki bu ishni to‘liq bo‘lmagan ish vaqti shartlarida bajarishi mumkin.

Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasining amal qilishi davrida o‘quvchi ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb qilinmasligi, shuningdek ishlab chiqarish ta’limi bilan bog‘liq bo‘lmagan xizmat safarlariga yuborilmasligi kerak.

By admin