O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 1 iyundagi «Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-82-sonli farmoniga muvofiq, har haftaning juma kuni «Mehr va saxovat kuni» sifatida belgilanib, barcha davlat organlari va tashkilotlariga bir qator vazifalar berilgan.

Shu munosabat bilan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda tuman, shahar bo‘limlari vakillari joylardagi ehtiyojmand aholi, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yolg‘iz keksalar holidan xabar olishdi. Ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, kundalik ehtiyojlariga zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Mavjud muammolari o‘rganilib, ijobiy yechim topish choralari ko‘rildi.

Shuningdek, muruvvat uylarida xayriya tadbirlari o‘tkazilib, noz-ne’matlar bilan dasturxon yozildi.

By admin