Guliston shahrida ishchi guruh a’zolari tomonidan “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Jumladan, ishlash istagi bor ishsiz fuqarolar Guliston shahrida faoliyat yuritayotgan “Beton sanoat” MCHJga biriktirilib, korxona rahbari va ma’sullar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahallalardagi ishsiz fuqarolarga korxona faoliyati, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ishchi xodimlarning vazifalari hamda ish haqi to‘lovlari yuzasidan ba’tafsil ma’lumot berilib, ish jarayoni bilan tanishtirildi.

Ma’lumot o‘rnida, dasturga 2023-2024 yillarda jami 1 milliard dollar ajratiladi.

Bu mablag‘lar hisobidan:

– kambag‘al oilalar a’zosini kasbga o‘qitib, ishli qilish bo‘yicha loyiha ahamiyatiga qarab, amaldagidan past foizlarda va uzoqroq muddatga kredit beriladi;

– tadbirkorning “amaliy monomarkaz” tashkil qilish va jihozlash hamda kasbga o‘qitish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

By admin