Boyovut tumani «Sohil» mahallasida «Obod mahalla, obod ko’cha va obod xonadon» loyihasi doirasida amaliy seminar o’tkazildi. Seminar avvalida mahallada yashovchi xotin-qizlar tomonidan milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi yor-yor, alla aytilib, qo’l mehnati yordamida to’qilgan hunarmandchilik namunalari ko’rsatildi.

Shundan so’ng, seminar ishtirokchilari mahalladagi namunali xonadonlarga tashrif buyurib, u yerda ayollar bandligini ta’minlash, jumladan, kashtadoʻzlik, tikuvchilik, zargarlik, qandolatchilik kabi sohalarda ayollarga yaratilgan shart-sharoit hamda tomorqadan samarali foydalanish bo’yicha amalga oshirilgan ishlarni ko’zdan kechirishdi. Mahalladagi ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, o’zlari yashab turgan ko’cha obodligi yo’lida faol bo’lib kelayotgan xonadon sohiblariga Boyovut tumani hokimining tashakkurnoma va esdalik sovg’alari topshirildi.

By admin