Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, bozorlarga kuz-qish mavsumi, shuningdek, kelasi yilning may oyigacha bo‘lgan muddatlarda dala ne’matlarini uzluksiz hamda arzon narxlarda yetkazib berish, eksportni ko‘paytirish orqali aholining moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida takroriy ekin parvarishlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, Oqoltin tumanida g‘alladan bo‘shagan maydonlar takroriy ekin ekish maqsadida ajratilmoqda. Bunda fuqarolarning «Temir daftari», “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” ro‘yxatlarida hisobga olinganligi inobatga olinmoqda.

By admin