Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish hamda yangi qabul qilinayotgan qonun, qaror va farmonlar mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida o‘tkaziladigan targ‘ibot tadbirida yurtboshimiz tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, Qonunda:

-“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektlariga 5 nafargacha doimiy xodimni ular bilan mehnat shartnomasini tuzgan holda yollash huquqi berildi (ilgari 3 nafargacha edi).

Shuningdek, bir oilaviy korxona ishtirokchisiga bir vaqtning o‘zida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi bo‘lish huquqi berildi;

-“Bojxona kodeksi”ga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, davlat hamda nodavlat sport-ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun import qilinadigan maxsus sport kiyim-boshlari, poyabzal, sport anjomlari, jihozlari va uskunalarining 50 foizi uchun bojxona bojini to‘lashdan ozod etish tarzidagi imtiyozlar berildi;

-“Shaharsozlik kodeksi”ga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish bo‘yicha vakolatlari bekor qilindi.

By admin