Xovos tumani hokimligining kichik majlislar zalida tumandagi 28 ta mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari uchun amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda kichik biznes subyektlarini rivojlantirish, aholi o’rtasida tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish hamda tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kredit mablag’larini ajratish va ularga berilayotgan imkoniyatlar xususida so’z yuritildi.

Viloyat hokimligi va viloyat markaziy banki hamkorligida tashkil etilgan seminarda hokim yordamchilarining faoliyatini yanada rivojlantirish uchun ko’plab ma’lumotlar berildi.

By admin