Bugun so‘z mulkining sultoni – Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng tantana qilinmoqda.

Buyuk bobokalonimiz nafaqat barcha turkiy xalqlar, balki jahon adabiyotining muazzam siymolaridan biridir.

Sana munosabati bilan Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tasarrufiy tashkilotlarida ham mushoiralar, nazm va navo kechalari, adabiyot bayramlari tashkillashtirilmoqda.

Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida o‘tkazilgan tadbirda Navoiyning benazir shaxsiyati, bebaho adabiy merosi va ibratli hayot yo‘li haqida to‘xtalib, asarlarida ulug‘langan ezgu g‘oyalar xalqimiz, yosh avlod tarbiyasida katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Tadbirda “Yosh bolalar uchun enaga tarbiyachi yordamchisi” yoʻnalishi tinglovchilari ulug‘ alloma qalamiga mansub g‘azal va dostonlaridan namunalar o‘qildi. Turli badiiy chiqishlar namoyish etildi.

By admin