Xovos tumani IIB JHX probatsiya hisobida jazo o’tayotgan nazoratdagi shaxslar va 3-sektor hududidagi alohida e’tiborga olingan ishsiz yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Xovos tumani IIB hamda Kambag’allikni qisqartirish va Aholi bandligiga ko’maklashish tuman bo’limi hamkorligida tashkil etilgan ushbu yarmarkaga taklif etilganlar munosib ish o’rinlari bilan tanishtirildi.

Shuningdek, yarmarkada bo’sh ish o’rinlari bo’yicha jalb qilingan fuqarolarning 4 nafarini ishga joylashtirish uchun hujjatlar rasmiylashtirildi, yana 6 nafariga yo’llanmalar berildi hamda 3 nafari qayta kasbga o’qitishga yo’naltirildi.

By admin