Aholining tomorqadan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali ularning daromadlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xovos tumani hokimi Ulug’bek Yo’ldoshev mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan Chamanzor va Istiqlol mahallalarida bo‘lib, xonadon egalarining tomorqadan qay darajada foydalanayotganliklarini o‘rgandi.

Shuningdek, ko‘chalarda yaratilgan sharoitlar, aholi tomorqalari, yangi tashkil etilgan tadbirkorlik sub’yektlari, aholining bandligini ta’minlash yo’nalishlari va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirdi.

Tomorqadan unumli foydalanib, daromad manbaini yanada orttirish bo‘yicha mas’ullarga kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

By admin