Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniya federal bandlik agentligi hamkorligida O‘zbekistonda quyida ko’rsatilgan soha mutaxassislari uchun nemis tilini o’qitish loyihalariga start berilishi rejalashtirilmoqda.
✔️Malakali mutaxassislar uchun (hunarmandchilik va qurilish sohalarida kamida 1 yillik tajriba va 2 yillik diplomga ega 20-40 yoshdagi fuqarolar);
✔️ Diplomga ega bo‘lmagan yoshlar uchun (18-30 yoshdagi fuqarolar hunarmandchilik va qurilish sohalarida Ausbildung tizimi orqali Germaniyada kasbiy taʼlim oladi).
Loyihalar joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida amalga oshirilishi kutilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, loyihalar doirasida bo‘lib o‘tadigan tanlovlarda ishtirok etish uchun hozirdanoq tayyorgarlikni boshlang.