Yangier shahridagi Pedagogika kollejida o‘tkazilgan sayyor qabulda bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash masalasi asosiy e’tiborda bo‘ldi.
Shahar sektor rahbarlari bitiruvchi yoshlar hamda hududdagi ishsiz yoshlarning murojaatlarini tinglab, bildirilgan taklif va muammolarini ijobiy hal etish choralarini ko‘rdi.
Ishtirokchilar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan korxona tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlari tanishtirildi. Talabgorlar o‘zlariga ma’qul kelgan lavozimlarga hujjat topshirishdi. Jumladan, 4 nafar bitiruvchi bilan shu yerning o‘zida mehnat shartnomasi rasmiylashtirildi.