Mirzaobod va Oqoltin tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlariga «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonuni to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida» Qonun maqsadi yuzasidan xodim lavozim majburiyatini vijdonan bajarishi, o‘z shaxsiy manfaatlari bilan bog‘liq har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, o‘zining bevosita rahbarini va maxsus bo‘linmani xabardor qilishi lozimligi ta’kidlandi. Suningdek, ish beruvchi o‘zining bevosita bo‘ysunuvidagi xodimlarni o‘zining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlovchi harakatlarga (harakatsizlikka) majburlamasligi kabi bir qator talablar qo‘yilganligi yuzasidan tushunchalar berib o‘tildi.