Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan hududdagi ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash hamda muayoyan kasb-hunar o‘rgatish borasida bir qator ijobiy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Sirdaryo tumanida joylashgan Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilarini kasb-hunarga o‘qitish maqsadida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Kelishuvga muvofiq, hozirda Sayxunobod kasb-hunarga o‘qitish markazining moxir ta’lim ustalari payvandlash, mebelsozlik yo‘nalishlarida bilim berishmoqda.
Tinglovchilarning talab va istaklariga ko‘ra kelajakda o‘qitish ko‘lamini yanada kengaytirib, o‘quv yo‘nalishlarini ko‘paytirish rejalashtirilgan.