Bugungi kunda “Ishga marhamat” monomarkazlar imkoniyati va samarasi bilan ko‘plab fuqarolar kasb-hunar o‘rganib, muayyan daromadga ega bo‘lmoqda. Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida o‘tgan 6 oy mobaynida 513 nafar talabgor kasb-hunar o‘rganib, ularning qariyb 82 foizi turli yo‘nalishlarda faoliyat olib borimoqda.
Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida viloyatning mahallalaridagi ijtimoiy xodimlarga ekskursiya hamda OAV vakillari ishtirokida press-tur uyushtirildi. Unda qatnashchilar markazda o‘qish uchun talab etiladigan xujjatlar, mavjud yo‘nalishlar, o‘qish davomiyligi, tinglovchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangiliklar haqida ma’lumot berildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad esa – Guliston “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyatini yanada keng ommaga yetkazish va aholini kasb-hunarga o‘rgatish. Tajribaga ko‘ra, bunday hamkorlik ijobiy natija berib kelmoqda.