Avval xabar berganimizdek, yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Xon atlas» haftaligi doirasida Sirdaryo viloyatidagi monomarkazlar hamda Kasb-hunarga o‘qitish markazlarida milliy modalar namoyishi o‘tkazilmoqda.
Sardoba «Ishga marhamat» monomarkazida o‘tkazilgan tadbirda muassasa jamoasi va tinglovchilar faol ishtirok etishdi. Ishtirokchilar milliy qadriyatlarni targ‘ib etib, xotin-qizlarning kiyinish uslubini yanada takomillashtirish, kiyinish madaniyatiga yangi uslub va tamoyillarni tadbiq etishga e’tibor qaratishdi.
Shuningdek, tadbir davomida o‘quv yo‘nalishlari tomonidan milliy taomlar va qadriyatlarimizni aks ettiruvchi turli taqinchoqlar ham namoyish etildi.