Guliston tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashining Oltinchi chaqiriq sakson beshinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiya jarayoni tuman hokimligining rasmiy Facebook dagi sahifasida jonli efir orqali keng jamoatchilikka yoritildi. Sessiya ishida tuman sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilot rahbralari va OAV vakillari ishtirok etdi. Unda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Bahodir Abdunazarov hisobot berdi.
Xalq deputatlari Guliston tumani kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.