Mehnat kodeksining 358-moddasiga ko‘ra, xodim ish jarayonida hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan holatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida ish beruvchini darhol xabardor qilib, bunday holatlar bartaraf etilguniga qadar tegishli ishni bajarishni rad etishga haqli. Ana shu davr mobaynida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
▪️Agar yuqoridagi kabi havflar yuzaga kelmaganligi aniqlansa, ish beruvchi MKning 302-311-moddalariga muvofiq xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishga haqli.