Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi. Dunyo bo‘yicha bugungi kunda dolzarb bo’lib turgan mavzu yuzasidan Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida soha mutaxassislari ishtirokida turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Yaqinda o‘tkazilgan tadbirda Oqoltin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi A.Ollamov hamda Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi M.Holiqov monomarkaz xodimlari va tinglovchilari bilan yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar haqida suhbatlashdi.

Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashishda har bir fuqaroning mas’uliyati va illatning turlari hamda mehnat faoliyatida korrupsion xolatga duch kelganda nima qilish kerakligi yuzasidan tushuncha berildi.

Ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

By admin