Bo'lim: Yangiliklar

Guliston shahrida polipropilen qop ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxona ish boshladi. Mazkur korxonada 180 nafar yangi ish o‘rini yaratildi — ishchilarning o‘rtacha oylik ish haqi 2 million so‘mni tashkil qiladi

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvining raisi Nodirbek Saydullayev, viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev, viloyat va shahar sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.