Joriy yilning 20-iyul kuni soat 10:00da Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasining birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan OAV, jurnalistlar va ijtimoiy tarmoq faollari hamda axborot xizmatlari xodimlari ishtirokidagi matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Matbuot anjumanida viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i va boshliq o‘rinbosarlari, boshqarma bo‘lim mudirlari hamda tuman-shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, viloyat Davlat mehnat inspeksiyasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining viloyat filiali hamda vazirlik tasarrufidagi Guliston «Ishga marhamat» monomarkazi, Sayxunobod, Oqoltin, Xovos kasb-hunarga o‘qitish markazlari rahbarlari ishtirok etishadi.

Bandlik sohasining faoliyatiga befarq bo‘lmagan OAV vakillari, jurnalistlar va ijtimoiy tarmoq faollari hamda axborot xizmatlari xodimlarini mazkur matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Hurmat bilan,
Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin