2022 yilning 1 chorak yakuni bo‘yicha respublikada mehnat resurslari soni 19 mln 400 ming nafarni tashkil etib, 2021 yilning shu davriga nisbatan 101,1 foizga yoki 220 ming kishiga oshgan. Mehnat resurslaridan iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13 mln 600 ming kishini tashkil etib shundan, rasmiy sektorda band aholi soni 6 mln. 100 ming nafarni, norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni 5 mln 700 ming nafarni respublikadan tashqariga ishga ketganlar soni 1 mln. 800 ming kishini tashkil etgan.

Ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1 mln. 400 ming kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,2 foizni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 16-30 yoshgacha bo‘lganlar orasida – 14,9 foiz, ayollar orasida –  12,8 foizni tashkil etdi. 2022 yilning 1 aprel holatida respublikamizda iqtisodiy nofaol aholi 4 mln 400 ming kishini tashkil etdi.

II. Bandlik organlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar

2022 yilning yanvar-iyun oylari davomida 438 ming ish bilan band bo‘lmagan shaxslarga bandlik xizmatlari ko‘rsatildi. Buning uchun, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hamda Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 301 mlrd.so‘m mablag‘ ajratildi.

Jumladan, tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan 210 ming nafar ishsiz, shuningdek, chet eldan qaytib kelgan fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashishiga ko‘maklashildi. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qo‘yilgan ish o‘rinlariga 13,0 ming nafar ehtiyojmand shaxslarni ishga joylashtirildi. Shuningdek, “Yagona milliy mehnat tizimi” elektron bazasi orqali 253 ming, shundan davlat tashkilotlarida 95 ming, xususiy subyektlarda 158 ming bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar aniqlandi.

Mazkur bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar ish.mehnat.uz va ish2.mehnat.uz saytlarida ommaga eʼlon qilinib, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda. Ishsiz fuqarolarni vaqtinchalik bandligini taʼminlash maqsadida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari hamda buyurtmachi ish beruvchlilar bilan hamkorlikda vaqtinchalik Haq to‘lanadigan jamoat ishlari tashkil etilib, mazkur ishlarga 108 ming fuqarolar jalb etildi.

Jamoat ishlariga jalb etilgan fuqarolarga ish haqqi to‘lovlari uchun 108,0 mlrd.so‘m mablag‘ to‘lab berilib, vaqtinchalik daromad manbaiga ega bo‘lishlari taʼminalandi. 22 ming 247 nafar ishsiz “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga 54,4 mlrd.so‘m subsidiya mablag‘lari ajratish orqali bandligiga ko‘maklashildi.

Jumladan, 18 ming 342 nafar fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatilarini yo‘lga qo‘yishlari hamda o‘zini o‘zi band qilishlari uchun 42 mlrd. 53 mln.so‘m, 3 ming 905 nafar fuqarolarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarni rag‘batlantirish maqsadlarida 12 mlrd. 345 mln.so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi. Kasb-hunarga hamda yetarli malakaga ega bo‘lmagan fuqarolarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarga o‘qitish maqsadida Ishga marhamat Monomarkazlari, kasbga o‘qitish markazalari hamda mahalla fuqarolar yig‘iglarida kasbga o‘qitish maskanlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mehnat organlari yo‘llanmalari asosida 2022 yil yanvar-iyun oylari davomida 76 ming 47 nafar ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar kasb-hunarga, tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishga jalb etildi.

Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan o‘qishga jalb qilingan shaxslarga stipendiya va o‘quv xarajatlari uchun 22 mlrd. 225 mln.so‘m mablag‘ sarflandi. Shuningdek, kasb-hunarga o‘qitish kursalarini muvaffaqiyatli tamomlagan 3 ming 687 nafar fuqarolarga mehnat quroli va asbob-uskuna xarid qilish uchun 11 mlrd. 485 mln.so‘m subsidiya ajratish orqali egallagan mutaxassisliklari orqali o‘zini o‘zi band qilishiga ko‘maklashildi.

Ishsiz fuqarolarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 20 ming 247 nafar ishsizlarga o‘zlari uchun munosib ish topguniga qadar 21 mlrd. 487 mln.so‘m ishsizlik nafaqasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirib berildi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati

By admin