Tanishuv avvalida, Guliston “Ishga marhamat” monomarkazi boshqaruv apparati xodimlari va muhandis-ustalar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat mobaynida monomarkazda olib borilayotgan ish faoliyati tahlil qilinib, uni mavqeini oshirish, tinglovchilarni yanada ko‘plab jalb etish, buning uchun barcha kasb-hunar muhandis-ustalari zamon bilan hamnafas bo‘lgan holda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishlari, sohaning so‘nggi yangiliklari xabardor bo‘lishlari alohida taʼkidlab o‘tildi.

Shundan so‘ng, Aygul Sattarova monomarkaz muhandis-ustalari tomonidan tinglovchilarga zamonaviy kasb-hunar sirlari o‘rgatilayotgan dars jarayonlari, o‘quv amaliyoti xonalari va ustaxonalarda olib borilayotgan jarayonlar bilan tanishdi.

Xususan, “Tikuvchilik”, “Yosh bolalar uchun enaga, tarbiyachi yordamchisi”, “Oshpazlik”, “Qandolatchilik”, “Santexnika-chilangarlik ishlari ustasi” yo‘nalishlari, xususan, “Elektrik ” yo‘nalishida turk texnologiyasi asosida o‘quv mashg‘ulotlarini olib borayotgan Mustafa Ceylanlarning metodikalari tahlil qilinib, darslarning sifati yuzasidan talab va takliflar o‘rganildi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin