Sirdaryo viloyati hududlarida ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yangi ish o‘rinlari hamda mavjud vakant bo‘lgan ish o‘rinlari bilan ishsizlarni tanishtirish maqsadida turli tadbirlar, ekskursiyalar tashkil etilishi anaʼanaga aylanmoqda.

Sayxunobod tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan ham ana shunday amaliy tadbirlar tashkil etildi. Tuman hududidagi “Paymard” hamda “Farovon” mahallaridagi bir guruh ishsiz xotin-qizlar bandligini taʼminlash maqsadida “Farovon” mahallasi hududida joylashgan “LILY TEXTILE SAYXUN” MCHJga ekskursiya uyushtirilib, ish jarayoni hamda yaratilgan shart-sharoilar bilan yaqindan tanishtirildi.

Uyushtirilgan ekskursiya mobaynida 10 nafar xotin-qizlar mazkur MCHJga shartnoma asosida ishga joylashtirildi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin