Sochi shahrida VII- Butunrossiya mehnatni muhofaza qilish haftaligi davom etyapti. Tadbirning ikkinchi kunida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutasaddilari hamda Rossiya mehnat va bandlik Federal xizmati o‘rtasida “Mehnatni muhofaza qilish, mehnat huquqlarini himoya qilish va bandlikka ko‘maklashish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi Bayonnomasi”ni bajarilishi bo‘yicha ikki tomonlama seminar tashkil etildi.

Unda mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlash, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasida bandlik xizmatini modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi hamda tizimiga oid taqdimotlar o’tkazildii.

By admin