Ishsiz xotin-qizlar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, ularni boʻsh (vakant) hamda mavsumiy ish oʻrinlariga ishga joylashtirish, kasb-xunarga oʻqitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida Guliston tumani Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan “Bandlik maydonchasi” tashkil etildi.

Tadbirda tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi yetakchi mutaxassisi Toʻrayeva Nargiza, tuman ABKM xodimlari, “Tikuv markazi Kamila” NTM rahbari J.Anorqulova ishtirok etdi.

Qatnashchilar masʼullardan boʻsh ish oʻrinlar, oʻquv markazidagi kasb-hunar yoʻnalishlari toʻgʻrisida maʼlumot olishdi.

Tadbir soʻngida 12-nafar xotin-qizlar tikuvchilik yoʻnalishida, 5-nafar xotin-qizlar kashtachilik yoʻnalishiga oʻqishga yoʻnaltirildi hamda 2-nafar ishsiz xotin-qizlar ishga joylashish uchun yoʻllanma berildi.

By admin