Aholi o’rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ularni tadbirkorlikka kenj jalb etish, tadbirkorlik istagida bo’lgan shaxslarga subsidiya, imtiyozli kreditlar ajratish orqali o’zini-o’zi band etish hisobiga aholi bandligini ta’minlash kabi keng qamrovli ishlar jadal amalga oshirilmoqda.

Guliston «Ishga marhamat» monomarkazida Yangiyer shahridagi «Yuksalish» va A.Jomiy MFYlari hokim yordamchilari tavsiyanomasiga asosan yana to’rt nafar ishsiz fuqarolarga o’zini-o’zi band etgan holda tadbirkorlikni yo’lga qo’yishlari uchun subsidiya mablag’lari hisobiga tikuv moshinalari olib berildi.

By admin