Joriy yil 30-noyabr kuni Sirdaryo viloyati Bandlik Bosh boshqarmasi va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda “Yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksining mazmun-mohiyati va amaldagi kodeksdan farqli jihatlari” mavzusiga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi.

Seminarda barcha tuman-shahar prokurorlarining soha boʻyicha yordamchilari, viloyat bandlik bosh boshqarmasining masʼul xodimlari, tuman-shahar aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari direktorlari, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat Kengashi, Fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat sudi, viloyat adliya boshqarmasi vakillari hamda tashkilot va muassasa, yirik korxonalarning xodimlar bilan ishlash boʻyicha boʻlim boshliqlari ishtirok etdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar kodeks talablari asosida batafsil javob berdilar.

By admin