Shirin shahar Axoli bandligiga ko‘maklashish markazi Davlat mexnat xuquq inspektori Kamilov Dilshod Xamroqulovich томонидан Shirin shaxar “Bolalar va o‘smirlar sport maktabi” xodimi Sh.Sh murojaati yuzasidan o`tkazilgan o‘rganish davomida fuqaro Sh.Sh 2017 yil 7-avgustda Bolalar va o‘smirlar sport maktabining 12-sonli mehnat shartnomasi bilan ishga qabul qilingan.
2020 yil 10-noyabr kuni imzo qo‘yidirish yo‘li orqali fuqaro Sh.Shga ogoxlantirish xati berilib u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Biroq Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi, 1-bandiga asosan ikki oydan so‘ng bekor qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 98-moddasiga zid ravishda qabul qilingan.
2021 yil 5-aprel kuni Davlat mexnat xuquq inspektori aralashuvi bilan Bolalar va o‘smirlar sport maktabining “Mexnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi” 2021 yil 1-yanvar kunidagi 1-sonli buyrug‘i mehnat qonunchiligiga zid qabul qilinganligi sababli bekor qilinib fuqaro Sh.Sh lavozimiga tiklandi.
Bolalar va o‘smirlar sport maktabining “Mexnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi” 2021 yil 1-yanvar kunidagi 1-sonli buyrug‘i mehnat qonunchiligiga zid qabul qilinganligi sababli bekor qilinib fuqaro Sh.Sh lavozimiga tiklandi.
Sirdaryo viloyati Bandlik bosh
boshqarmasi matbuot xizmati