Tadbirda 28 nafardan ziyod o‘quvchi qamrab olindi. Monomarkaz bilan yaqindan tanishish jarayonida ekskursiya ishtirokchilari qiziqish bilan jarayonlarni tomosha qilishdi. Ayniqsa, mazkur hududda joylashgan ustaxonalar, o‘quv xonalaridagi amaliyot jarayonlar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular tinglovchilar tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqidagi maʼlumotlar, tayyorlangan mahsulotlar tarbiyalanuvchilarni lol qoldirdi.
Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Murod Muxammadiev va Monomarkaz rahbari Farxod Qarshiboyevlar tomonidan tarbiyalanuvchi o‘g‘il-qizlar bilan yaqindan suhbat tashkil etildi.Yaratilgan imkoniyatlar, bandlik darajasini oshirish va aholini doimiy daromad manbayiga ega bo‘lganlarni ko‘paytirish maqsadida tashkil etilganligini taʼkidlab o‘tildi.Davra suhbati mavzusi yoshlarning kelajakdagi orzu intilishlari va maqsadlari haqida bo‘ldi. Tarbiyalanuvchilarning aksariyat qismi kelajakda o‘qituvchi, harbiy, sportchi bo‘lmoqchi ekkanliklari haqida o‘z niyatlarini aytishdi.

Monomarkazga olib kelgandan juda ham mamnun bo‘lgan tarbiyalanuvchilar kelajakda tikuvchi, pazandachilik, sartaroshlik, elektrik, santexnik va zargarlik yo‘nalishida o‘qishni niyat qilishdi. Tadbir so‘ngida Monomarkaz tomonidan tarbiyalanuvchilar uchun bayram dasturxoni yozildi, milliy taom – osh pishirildi hamda  qandolatchilik yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilar tomonidan tayyorlangan shirinliklar tortiq etildi. Tarbiyalanuvchilar Monomarkazdan bir olam taʼsirotlar bilan qaytishdi.

Sirdaryo viloyati Bandlik

bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin

Fikr bildirish