O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 7-fevraldagi “Tashkilotlarda xodimlarni ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlari ishga jalb etishda mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishi bo‘yicha monitoring o‘tkazish to‘g‘risida”gi № 22-ICh-sonli bu‘yrug‘i ijrosi yuzasidan Sirdaryo viloyat Bandlik bosh boshqarmasining 2022 yil 17-fevraldagi 17 “ICh” sonli buyrug‘iga asosan 24 nafar davlat mehnat inspektorlari va huquq inspektorlari yordamchilaridan iborat tarkibda ishchi guruh tuzildi.

Viloyat tuman (shahar) hududidagi korxona tashkilot va muassasalarda fuqarolarni kafolatlangan mehnat huquqlarini himoya qilish, ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlarida ishga jalb etishda mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishi bo‘yicha doimiy ravishda monitoringlar o‘tkazish ishchi guruxining asosiy vazifasi etib belgilandi.

Ishchi guruh tuzilgandan boshlab o‘nlab korxona tashkilotlarda monitoringlar o‘tkazilgan bo‘lib, jumladan Mirzaobod tumani ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasi ishlovchilari 2022 yil 17-fevral kuni ertalab 8-00 da ishga kelishib, tungi 21-40 gacha va 2022 yil 21-fevral kuni Guliston tumani Xalq ta’limi bo‘limining o‘nlab ishlovchilari ham ishdan tashqari ishga jalb qilinganliklari aniqlandi. Ushbu qonunbuzilish holatlari bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan vakolat doirasida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shu o‘rinda shuni aytib o‘tish kerakki viloyatimizdagi aksariyat tijorat banklari tomonidan ham ishlovchilarni ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlari noqonuniy ishga jalb qilish holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi haqida bizda ma’lumotlar bor bo‘lib, ularda ham belgilangan tartibda monitoringlar o‘tkazilganda qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda ayovsiz ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi haqida yana bir bor ogohlantiramiz!

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin

Fikr bildirish