2021 yilning 2-yarmi Axborot xizmati rahbarlari faoliyati samaradorligi reytingi e’lon qilindi. Bu haqda Telegram‘dagi Vazirlikning rasmiy kanalida xabar berildi.

Xabarga ko’ra, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi, Vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mirzayeva Mavjudaxon Axmadovna kuchli 10 talikdan joy olgan. Bu esa Vazirlik tizimida ochiqlik tamoyillari asosida OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali olib borilayotgan ishlarning samaradorligidan dalolat beradi.

«2022-yilning yanvar-fevral oylarida AOKA tomonidan respublika darajasidagi 139 ta tashkilot va idora, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda 206 ta tuman va shahar hokimliklari matbuot kotiblarining 2021-yil II yarim yillikdagi faoliyati samaradorligi o‘rganildi hamda Adliya vazirligida 3187-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Nizomga ko’ra) 10 ta asosiy mezon bo‘yicha baholandi», — deyiladi xabarda.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati Mavjudaxon Axmadovnani ushbu e’tirof bilan muborakbod etadi.

By admin

Fikr bildirish