Ichki ishlar boshqarmasi hamda Bandlik bosh boshqarmasi tashabbuslari bilan Shirin shahrida xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirib qaytgan bugungi kunda ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar uchun “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi» tashkil etildi.

Ushbu yarmarkada 23 ta ish beruvchi korxona va tashkilotlari o‘zlaridagi 153 ta bo‘sh ish o‘rinlari, Guliston shahar “Ishga marhamat” monomarkazi hamda qurilish sohasidagi malakali mutaxassisilarni tayyorlash markazi o‘zlaridagi yo‘nalishlardagi o‘qishlarga fuqarolarni taklif etdi.

Yarmarka natijasida 38 nafar fuqaro murojaat qilgan bo‘lsa, 4 nafariga ishga joylashtirish, 4 nafariga kasb o‘quvga, 8 nafariga xaq to‘lanadigan jamoat ishlariga uchun yo‘llanmalar berildi hamda 21 nafariga huquqiy maslaxatlar berildi.

Bundan tashqari fuqaro Soxibjon Yangiboyevga payvandchilik yo‘nalishida o‘zini o‘zi band qilish uchun payvandlash uskunasi subsidiya xisobidan taqdim etildi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin

Fikr bildirish