Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yining 4-mart kuni oliy oʻquv yurtlari talabalari bandligini taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, bugun, 29-mart kuni Guliston davlat universitetida talabalar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etiladi. Unda, viloyatdagi barcha tuman-shaharlardagi talabalar uchun bo’sh ish o’rinlari mavjud bo’lgan korxona va tashkilotlar, jumladan tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etishdi. Yarmarka mobaynida talabalar uchun — aholi bandligini oshirishga yo’naltirilgan qator maqsadli kompleks dasturlar, chorvachilik, xizmat ko’rsatish, kasanachilik va boshqa yo’nalishlardagi taqdimotlar o’tkazildi hamda huquqshunoslar tomonidan mehnatga oid qonunlarga sharhlar, huquqiy maslahatlar berildi.

Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Tashkil etilgan mehnat yarmarka avvalida Guliston davlat universiteti rektori Muhsin Xodjiyev so’zga chiqib, bugungi kunda talabalar uchun berilgan bu kabi imkoniyatlar kelgusida o’z natijasini berishini ta’kidladi. Shundan so’ng so’zga chiqqanlar talabalarning bandligini ta’minlash qanchalar dolzarb ekanligini e’tirof etishdi.

— Davlatimiz rahbari viloyat va shahar hokimlari rektorlar bilan birgalikda oliygohlar va xususiy sektor oʻrtasida hamkorlikni tizimli yoʻlga qoʻyib, Respublika miqyosida 30 ming nafar talabani ish bilan band qilishi lozimligini alohida taʼkidlagandi, — deydi Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i Murodjon Muhammadiyev. — Muhtaram yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan ushbu ustuvor vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida, bugun Guliston davlat universitetida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda talabalar uchun tashkil etilgan ushbu mehnat yarmarkasi 1000 nafardan ziyod talabalarni o’z qamroviga oldi. Natijada, 248 ta ishga joylashtirish uchun talabalarga yo’llanmalar berildi.

Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati

O‘tkazilgan mehnat yarmarka mobaynida, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan talabalar uchun minitexnologiyalar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Yarmarka bayramona ruhda o’tkazildi, tashkil etilgan madaniy tadbirlar talabalar kayfiyatiga iliqlik bag’ishladi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin