Bugun, 28-mart kuni Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi majlislar zalida boshqarmaning 2021 yil yakuni hamda 2022-2024 yillar yillarga tuzilgan “Jamoa shartnomasi” shartlarini bajarilishi bo‘yicha kengaytirilgan umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda boshqarma rahbariyati va xodimlari hamda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Alisher Tadjiyev ishtirok etdi.
Dastlab, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Murod Muhammadiyevning “Jamoa shartnomasi” shartlarini 2021 yil yakunida bajarilishi bo‘yicha hisoboti hamda 2022-2024 yillar yillarga tuzilgan “Jamoa shartnomasi” shartlarini bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobi tinglandi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Alisher Tadjiyev hamda Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarma kasaba uyushmasi raisi Aʼzam Babadjanovlar so‘zga chiqib, 2022-2024 yillarga tayyorlangan boshqarmaning yangi jamoa sharnomasi loyihasiga doir takliflari, fikr mulohazalari va tavsiyalari berib o‘tildi.
Yig‘ilish mobaynida boshqarma xodimlariga sohaga oid qonunchilik yangiliklari, jamoa shartnomasining asosiy maqsad va vazifalari takroran tushuntirilib, ularning huquqiy ko‘nikmalari oshirildi. Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati