Bugungi kunda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlash maqsadida subsidiyalar ajratiilishi belgilangan. joriy yilda tasdiqlangan manzilli dasturga asosan Guliston «Ishga marhamat» monomarkazi bitiruvchilariga ham Guliston shahar aholi bandligiga ko’maklashish markazi tomonidan subsidiyalar ajratilmoqda.

Xususan, monamarkazning Payvandlash ishlari ustasi yo’nalishini bitiruvchilari Dilshod Adilov va Xayrula Ashuroxunovlarga kelgusida ish faoliyatlarini tashkil etishlariga ko’maklashish maqsadida, subsidiya asosida payvandlash asbob-uskunalari olib berildi.

— Endilikda ushbu monamarkazda olgan bilim va ko’nikmalarimni, kelgusida ish faoliyatimda amaliyotda qo’llayman, — deydi Guliston «Ishga marhamat» monomarkazi bitiruvchisi Dilshod Adilov. — Bu borada Payvandlash yo’nalishidagi faoliyatim uchun zarur bo’lgan asbob-uskunalarini xarid qilishimga subsidiyalar ajratilib berilishi, Meni nihoyatda quvontirdi.

Monamarkazda bu kabi xayrli ishlar davom etmoqda.

Guliston «Ishga marhamat» monomarkazi matbuot xizmati

By admin