Joriy yilning 30 mart kuni Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i M.Muxammadiyev, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Sirdaryo mintaqaviy filiali boshlig‘i S.Israilov va Moskva shahri Bosh konsulligi mehnat masalalari bo‘yicha attashesi ishtirokida Rossiya Federatsiyasi Moskva shahriga “Pilot” loyixasi doirasida qurilish mutaxassisligi bo‘yicha ishga yuborilgan 12 nafar fuqarolar ishtirokida videomuloqot o‘tkazildi.

Videomuloqotda 10 nafar viloyatimiz ishchi fuqarolari tomonidan oilalaridagi ijtimoiy muammolar yuzasidan yordam berishlarini so‘rab murojaat qilishdi. Barcha so‘rovnomalar yozma ravishda qayd etildi va yaqin muddatlarda masalalar o‘z yechimini topishi aytildi.

Shuningdek, fuqarolarimizga borgan ishlarida chalg‘imasdan mehnat faoliyatlarini davom ettirishlari bo‘yicha tushuntirishlar olib borildi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin