Mazkur mehnat yarmarkasida Sirdaryo tumanidagi 19 ta korxona va tashkilotlari 534 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Ishtirok etgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida 200 nafardan ortiq fuqarolar qatnashdi.

Shundan, 5 nafar ishsiz fuqarolarga ishga joylashish uchun, 12 nafar ishsiz fuqarolar kasb-xunarga o‘qish istagida bo‘lganlarga o‘qish uchun yo‘llanmalar berildi, 8 nafar ishsiz fuqarolar xaq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, hamda 38 nafar fuqarolarga mehnat munosabatlariga oid va boshqa masalalarda turli hil huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, 5 nafar ishsiz fuqarolarga ishlsizlik nafaqasini tayinlash bo’yicha tegishli hujjatlar rasmiylantirildi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin