“NIPPON EDUCATIONAL ACADEMY” yapon tiliga o‘qitish markazi bilan hamkorlikda 11 apreldan boshlab Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan yo‘llanma bilan bandlik jamg‘armasi hisobidan 25 nafar xorijda vaqtinchalik mehnat qilishni istovchi fuqarolarimiz o‘qishni boshlashdi.

Taʼlim 6 oy davom ettirilib, o‘qishni tamomlagan fuqarolarga sertifikatlar taqdim etiladi va Yaponiyaga ishga borishlari uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ko‘magida suhbatdan o‘tkaziladi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolar Qishloq xo‘jaligi va keksalar parvarishi kabi ishlarga yuboriladi.

Ma’lumot o’rnida, bu kabi tanlovlar davom etadi. Tanlov tashqi mehnat migratsiya agentligi tashkilotchiligida Yaponiya ish beruvchilari bilan suhbat asosida o’tkaziladi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin